U19 jahon chempionati: olti nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqdi
Budva shahrida (Chernogoriya) boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetib bormoqda.
Boks
photo: boks Uzbekistan
U19 jahon chempionati: olti nafar bokschimiz final yo‘llanmasiga ega chiqdi
Budva shahrida (Chernogoriya) boks bo‘yicha U19 yosh toifasidagi jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetib bormoqda. Yarim final bellashuvlari yakuniga ko‘ra, terma jamoamizning olti nafar a’zosi hal qiluvchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Yana ikki bokschimiz esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Finalga yo‘l olgan bokschilar:
-75 kg: Suxrob Raxmatullayev
-85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev
-90 kg: Asadbek Sultonboyev
+90 kg: Islom Salixov
-51 kg: Nazokat Mardonova
-70 kg: Maftuna Yangiyeva
Bronza medali sohiblari:
-70 kg: Zulfiqor Adhamjonov
-48 kg: Muxtasar Aliyeva
Musobaqaning final bahslari ertaga, 27-oktyabr kuni tashkil etiladi.