locale OZ

Xaver Maskerano: «Barselona»ga kelganimda tayanch yarim himoyachisi edim»

Sobiq futbolchi Pep Gvardiola uni «Barselona»da qanday qilib markaziy himoyachiga aylantirgani haqida gapirdi:
Futbol
Xaver Maskerano: «Barselona»ga kelganimda tayanch yarim himoyachisi edim»
photo: gettyimages

Xaver Maskerano Pep Gvardiola uni «Barselona»da qanday qilib markaziy himoyachiga aylantirgani haqida gapirdi:

«Barselona»ga kelganimda, men tayanch yarim himoyachisi edim. Ammo bu pozitsiyada Serxio Buskets yoki men o‘ynashim mumkin edi.

Menimcha, Gvardiola o‘z pozitsiyasidagi eng yaxshi futbolchini boshqa joyga o‘tkazishdan ko‘ra, ikkinchi o‘yinchining o‘rnini o‘zgartirishni ma’qul ko‘rgan. Shu tariqa markaziy himoyachi sifatida o‘ynay boshladim va oxir-oqibat bu pozitsiya menga yoqib qoldi.

Bu futbolchining rivojlanish jarayonining bir qismi. Ma’lum bir pozitsiyada muntazam o‘ynash imkoniyati juda kamligini tushunish va boshqa rolga moslashishga tayyor bo‘lish kerak.

Men himoyada o‘z o‘rnimni topdim, berilgan imkoniyatdan foydalandim va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun kurashdim.

Ishonchim komilki, agar pozitsiyamni o‘zgartirmaganimda, «Barselona»da uzoq qololmagan bo‘lardim»,-dedi sobiq futbolchi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting