locale OZ

G‘azalkent — Respublika FA uchrashuvidagi tartibsizlik masalasi O‘FA qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi

Liga tomonidan xabar berilganidek, mazkur ziddiyatda ishtirok etgan futbolchi va rasmiylarning xatti-harakatlari o‘rganilib, ularga nisbatan tegishli tartibda sport sanksiyalari ham qo‘llanadi.
Futbol
G‘azalkent — Respublika FA uchrashuvidagi tartibsizlik masalasi O‘FA qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi
photo: PFL

Proliga 26-turidan o‘rin olgan G‘azalkent — Respublika FA uchrashuvi davomida har ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida mushtlashuv yuzaga kelib, har ikki jamoa jamoat tadbirlarini o‘tkazish normalarini jiddiy ravishda buzgandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli idora vakillari tomonidan ham profilaktik ishlar olib borildi.

Liga tomonidan xabar berilganidek, mazkur ziddiyatda ishtirok etgan futbolchi va rasmiylarning xatti-harakatlari o‘rganilib, ularga nisbatan tegishli tartibda sport sanksiyalari ham qo‘llanadi.

24-noyabr sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tib, unda mazkur holat ham ko‘rib chiqildi. Mazkur qo‘mita vakolatiga 5 ta o‘yin va/yoki 2 oydan ko‘p bo‘lgan chetlatish intizomiy jazo choralari kirmasligi hamda qo‘mita a’zolari ushbu tartibsizlik uchun qoidabuzarlarga nisbatan yanada og‘irroq jazo choralarini qo‘llash lozim deb topganidan kelib chiqib, ish Kodeks bo‘yicha ikkinchi instansiya hisoblangan O‘FA qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshiriladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting