locale OZ

Lyudmila Karachik: «Ushbu turnirdagi barcha raqiblarimiz juda kuchli»

Kechagi uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi sardori Lyudmila Karachik O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.
Futbol
Lyudmila Karachik: «Ushbu turnirdagi barcha raqiblarimiz juda kuchli»
photo: UFA

Kechagi uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi sardori Lyudmila Karachik O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga qisqa intervyu berdi.

Kechagi uchrashuv haqidagi taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlasangiz.

— Men bunday turnirda ilk bor ishtirok etmoqdaman. O‘z mamlakatim sharafini himoya qilish men uchun katta mas’uliyat va faxr. Bundan juda xursandman.

Raqibning qaysi jihatlariga alohida e’tibor qaratdingiz?

— Ushbu turnirdagi barcha raqiblarimiz juda kuchli. Ularning barchasi jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlikka ega. Bu jamoani ham shu jihatiga e’tibor qaratdim.

Birinchi bo‘limda ko‘plab golli vaziyatlarga ega bo‘ldik, biroq gol urishning uddasidan chiqa olmadik. Sizningcha, bunga nima sabab bo‘ldi?

— Bu turnirdagi ilk uchrashuvimiz edi va har bir futbolchi katta mas’uliyatni his qildi. Shu sababli birinchi bo‘limda gol ura olmadik. Tanaffusdan so‘ng esa qizlar o‘zlarini qo‘lga olishdi va gollar urishni boshladik.

Kiritgan golingiz haqida nima deya olasiz?

— Bu gol butun jamoaning mehnati mahsuli. Barcha futbolchilar harakat qilishdi, men esa gol urdim. Ushbu golimni butun O‘zbekiston xalqiga bag‘ishlayman.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting