locale OZ

APL. Mersisayd derbisida g‘olib aniqlanmadi

O‘yinda 2 ta gol urildi.
Futbol
APL. Mersisayd derbisida g‘olib aniqlanmadi
Фото: Getty Images

Angliya Premyer-ligasining 12-turidan o‘rin olgan Mersisayd derbisida "Everton" va "Liverpool" 1:1 hisobida durang o‘ynashdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasida Florian Virtsning uzatmasidan so‘ng Dominik Soboslai mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 25-daqiqada esa Jeremi Frimpong avtogol muallifiga aylanib, hisobni tenglashtirdi.

Qolgan vaqt davomida jamoalar boshqa gol ura olishmadi.

Ushbu natijadan so‘ng "Liverpool" 22 ochko bilan turnir jadvalidagi to‘rtinchi o‘rnini saqlab qoldi. "Everton" esa 17 ochko bilan sakkizinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Navbatdagi turda "Liverpool" 2-dekabr kuni "Sunderland"ni qabul qiladi. "Everton" shu kuni safarda "Aston Villa" bilan kuch sinashadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting