locale OZ

Ilk g‘alaba: Javohir Sindarov beshinchi partiyada Gukeshni taslim qildi

Shaxmat bo‘yicha Jahon chempionligi uchun bahs, 5-tur
Eksklyuziv yangiliklar
Ilk g‘alaba: Javohir Sindarov beshinchi partiyada Gukeshni taslim qildi
photo: gettyimages

Hamyurtimiz jahon chempionligi matchining 5-partiyasida oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukeshni mag‘lub etdi.

Dastlabki to‘rtta partiya durang bilan yakunlangan bo‘lsa, beshinchi partiyada Gukeshning 31-yurishda farzinlarni almashtirishga urinishi jiddiy xatoga aylandi. Javohir bu imkoniyatdan unumli foydalandi.

Jahon chempionligi uchun jami 14 ta klassik partiya rejalashtirilgan bo‘lib, 7,5 ball to‘plagan shaxmatchi jahon toji sohibiga aylanadi.

Shaxmat bo‘yicha Jahon chempionligi uchun bahs, 5-tur

Javohir Sindarov 1 — 0 Gukesh Dommaraju

Umumiy hisob 3 — 2.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting