locale OZ

Ulug‘bek Bakayev: «Mash’al\" bizga uch-to‘rtta gol urishi mumkin edi»

Superliga 20-turdan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ulug‘bek Bakayev: «Mash’al" bizga uch-to‘rtta gol urishi mumkin edi»
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
05.09.2026, Yak.
So'g'diyona
5
Mashal
2

Ulug‘bek Bakayev: «Mash’al" bizga uch-to‘rtta gol urishi mumkin edi»

Superliga 20-turdan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?

- Strategik tomondan bugungi o‘yin biz uchun muhim edi. Jamoani g‘alaba uchun tayyorladik, yigitlarga kerakli gaplarni aytdik. Tezkor gol urib hisobni ochdik. Shundan so‘ng yigirma daqiqacha "Mash’al" ustunlik qildi. Raqib bir nechta hujumlar tashkil etdi va agressiv o‘yin ko‘rsatdi. "Mash’al" bizga uch-to‘rtta gol urishi mumkin edi, biroq himoyachilarimiz va darvozabon yaxshi harakat qildi. Shundan so‘ng biz yana gollar urdik va keyin to‘p o‘tkazib yubordik. Haqli g‘alabaga erishdik deb o‘ylayman. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi bahsga hozirlik ko‘ramiz.

- Bugun yirik hisob qayd etildi, darvozalarga 7ta to‘p kiritildi. Siz shunday o‘yinni kutganmidingiz?

- Futbolda oldindan bir nima deyish qiyin. Futbol istalgan payt ijobiy yoki salbiy tomonga og‘ib ketishi mumkin. Biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanib vaziyatlarni golga aylantirdik. Shundan so‘ng himoyada ham, hujumda ham yengil o‘ynadik.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting