locale OZ

Sergey Lushchan: «Bu shunchaki uyat»

Superliga 20-turdan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi
Sergey Lushchan: «Bu shunchaki uyat»
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
05.09.2026, Yak.
So'g'diyona
5
Mashal
2

Sergey Lushchan: "Bu shunchaki uyat"

Superliga 20-turdan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Mash’al" uchrashuvidan so‘ng muborakliklar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida fikringiz?

- Bu shunchaki uyait. Bundan boshqa gap bo‘lishi mumkin emas. Negaki avvalgi o‘yinlardan so‘ng matbuot anjumanida aytgandim: bizda buyog‘iga yoshlar o‘ynaydi. O‘rinbosarlar, U-19 jamoamizdan futbolchilarni taklif etamiz degandim. Lekin o‘z o‘yinchilarimizga yana imkon berishga qaror qildik. Men o‘z pozitsiyamni tushuntirishga harakat qildim, lekin asosiy tarkib o‘ynasin degan qarorga kelindi. O‘yinchilarimiz darajasi Superliga darajasiga mos emas. Bor gap shu. Men ushbu mavsumdagi to‘rtinchi murabbiy bo‘lsam kerak. Balki oltinchi, sakkizinchi, o‘ninchi murabbiy ham kelishi mumkin. Bu yerda yaxshi odamlar, yaxshi yigitlar - lekin bu kasb emas.

- Vaziyatlar bo‘lyapti, biroq gol urishga kelganda jamoa oqsayapti.

- Gol urishni qo‘ya turaylik. Bizda muammo himoyada. Oldinda nima bo‘lishi bizni unchalik o‘ylantirmaydi. Biz istalgan jamoaga gol urishimiz mumkin. Lekin o‘tkazib yuborilayotgan gollar-chi? O‘zimizga o‘zimiz muammo olib kelyapmiz. Asablar dosh bermayapti. O‘ylashimcha, keyingi bahs tarkib borasida umuman boshqacha bo‘ladi. Biz ochiqchasiga gaplashib oldik, kimga yoqmasa ketishi mumkin.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting