locale OZ

Ulug‘bek Bakayev: «Doriyev ko‘zi yonib futbol o‘ynaydi»

Superliga 15-turidan o‘rin olgan «Mash’al» – «So‘g‘diyona» (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ulug‘bek Bakayev: «Doriyev ko‘zi yonib futbol o‘ynaydi»
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
02.08.2026, Yak.
Mashal
1
So'g'diyona
3

Ulug‘bek Bakayev: "Doriyev ko‘zi yonib futbol o‘ynaydi"


Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Mash’al" – "So‘g‘diyona" (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Bakayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni yaxshi boshladik, tezkor vaziyat sodir etib gol urdik. Ikkinchi taym boshida ham tezkor to‘p kiritdik, uchinchi golni urganimizdan so‘ng yengil o‘yinga o‘tdik. Shundan so‘ng "Mash’al" ham o‘z imkoniyatidan foydalandi. Raqib qanotlar orqali qarshi hujumda o‘ynashini bilardik va shunga ko‘ra hozirlik ko‘rgandik. Ikkita ketma-ket mag‘lubiyatdan so‘ng yutib olganimiz yaxshi bo‘ldi. Futbolchilarimiz ruhi ko‘tarildi, turnir jadvalida o‘z mavqeimizni yaxshilab oldik. Jamoamiz muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman.

- "Mash’al"ning hisobga olinmagan golida yon hakamga ko‘p e’tiroz bildirdingiz va natijada sariq kartochka oldingiz. Nima uchun ayanan qanot hakamiga ko‘p e’tirozlar bo‘ldi?

- Menga holat shunday ko‘rindiki, "Mash’al"ning hujumi paytida raqib o‘yinchisi to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bu vaziyatda o‘yinni to‘xtatish kerak bo‘ladi, lekin bahs davom ettirildi va "Mash’al" gol urdi. Shu bois men hakamga o‘z fikrimni aytdim.

- Maydonga yoshlarni o‘yin tugashiga kam vaqt qolganida tushirdingiz. O‘yin amaliyoti uchun bu kamlik qilmaydimi?

- Superligada o‘ynash uchun avvalo buni isbotlash kerak. Biz murabbiylar futbolchilarni kuzatib boramiz va shunga qarab ularning maydonda harakat qilishini belgilaymiz. Kim nimaga loyiq bo‘lsa, shuni oladi. Shuning uchun bugun ba’zilarga dam berdik, ba’zilar ko‘p o‘ynadi, ba’zilar kam. Bu borada ish ketyapti. To‘g‘ri, hamma ko‘proq o‘ynashni xohlaydi, lekin har bir xato golga olib kelishi mumkin. Shu bois har qanday raqibni hurmat qilgan holda o‘yin ko‘rsatamiz. Shuningdek, tavakkal qilishni xohlamayman.

- Doriyevning klub bilan qancha muddat shartnomasi bor va kelasi yil ham jamoada qoladimi?

- Doriyev yaqinda klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Adashmasam, uch-to‘rt yilga uzaytirdi. Uning o‘yinga o‘zini bag‘ishlashi, mahorati bizga qo‘l kelyapti. Doriyev ko‘zi yonib futbol o‘ynaydi. Shu qatorda yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelyapti va legioner sifatida maydonda o‘zini namunali tuta olyapti.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting