Yan Nepomnyashchiy: «Karlsen turnirdan chetlatilishi kerak»
Yan Nepomnyashchiy: «Karlsen turnirdan chetlatilishi kerak»
Yan Nepomnyashchiy Magnus Karlsenning Vladislav Artemevga qarshi ikkita rapid partiyasini ataylab o‘tkazib yuborganini keskin tanqid qildi.
«Menimcha, bunday holatda o‘yinchi turnirdan chetlatilishi kerak. Texnik yig‘ilishda aynan shu masalani ko‘targandim va bizga barcha partiyalarni o‘ynash majburiy ekani aytilgandi. Ammo, aytganlaridek, qoidalar hamma üchün bir xil emas», — dedi Nepomnyashchiy ChessBase India nashriga bergan intervyusida.
Uning fikricha, Karlsenning bu harakati nafaqat raqiblariga, balki tashkilotchilar va tomoshabinlarga nisbatan ham hurmatsizlikdir.
Nepomnyashchiy hakamlar vaziyatga aralashishi kerak bo‘lganini ta’kidlab, yuz bergan voqeani «jirkanch holat» deb baholadi.