Saudiya Proligasi. «An Nasr» mehmonda «Al Ahli»ga yutqazib qo‘ydi
Saudiya Arabistoni chempionatining 13-turida «Al Ahli» o‘z maydonida «An Nasr»ni qabul qildi. Unda Jidda klubi 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvda Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. Bu uning faoliyatidagi 986-goliga aylandi. Ammo keyinchalik mezbonlar safida Galeno, Touni va Ibanes gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, «Al Ahli» ochkolari sonini 24 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarildi. «An Nasr» 28 ochko bilan 3-pog‘onada.
Saudiya Proligasi. 13-tur
Al Ahli — An Nasr 3:1
Gollar: Galeno 45+1, Touni 71 penalti, Ibanes 75 – Ronaldu 14
Al Ahli – Mendi, Battiya, Demiral, Ibanes, Trinkau, Al Johani, Atangana, Balobaid, Spersyan (Al Buraykan, 81), Galeno, Touni.
An Nasr – Bento, Avad, Inigo Martines, Simakan, Anjelo (G‘arib, 87), Al Haybari (Koman, 72), Bushal, Al Hamdan, Samu Koshta, Feliks, Ronaldu.
Foydanilmagan penalti: Ronaldu 18.