O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Janubiy Koreyada xalqaro musobaqada ishtirok etishadi
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Muhammadyusuf Yuldashev va Sevinch Nazarova ishtirok etadilar.
Boshqa sport turlari
photo: Ot sporti Uzbekistan
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Janubiy Koreyada xalqaro musobaqada ishtirok etishadi
25–27-noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Jeju orolida ot sportining to‘siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha yosh chavandozlar o‘rtasida 2026 2nd Asian Nations Invitational Youth Pony Show Jumping Competition xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida Muhammadyusuf Yuldashev va Sevinch Nazarova ishtirok etadilar.
Ushbu xalqaro musobaqa yosh sportchilar uchun o‘z mahoratini namoyish etish, xalqaro tajriba orttirish hamda boshqa mamlakatlar vakillari bilan kuch sinashish imkoniyatini yaratadi.
Sportchilarimizga musobaqada omad, ishonchli chiqishlar va yuqori natijalar tilaymiz.