locale OZ

Torres: «Brest»ga qarshi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi»

Ferran «Brest»ga qarshi uchrashuvning 5-daqiqasida hisobni ochgan edi.
Torres: «Brest»ga qarshi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi»
ФОТО: Getty images
Liga 1 Fransiya
13.09.2026, Yak.
Brest
0
Paris Saint-Germain
1

«PSJ» hujumchisi Ferran Torres Fransiya chempionati 4-turida «Brest» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu bizning eng yaxshi o‘yinimiz bo‘lmadi. Ammo biz jamoaviy xarakter ko‘rsata oldik. Eng muhimi, qiyin bo‘lishini bilgan maydonda birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdik. Endi dam olib, keyingi dam olish kunlaridagi muhim o‘yinga tayyorlanish uchun yana bir haftamiz bor.

Golimga kelsak, qancha daqiqa o‘ynash imkoniyatini murabbiy bermasin, men uchun jamoaga yordam berish va o‘z vazifamni bajarish muhim», — deya Torresning so‘zlaridan keltiradi «PSJ» rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Torres «Brest»ga qarshi uchrashuvning 5-daqiqasida hisobni ochgan edi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting