Superliga. \"Xorazm\" \"Surxon\" bilan durang qayd etdi
O‘zbekiston chempionatining 17-turida “Xorazm” klubi Olmaliqda “Surxon”ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi. O‘yinining 4-daqiqasida Sunnatillo Poyonov hisobni ochdi. Tanaffus oldidan Murodbek Bobojonov penaltidan muvozanatni tikladi.
79-daqiqada Rustam Turdimurodov yana termizliklarni oldinga olib chiqdi. Bahs oxirida Shahram Samiev gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Bu natijadan so‘ng “Xorazm” 18 ochko bilan 11-o‘ringa chiqib oldi. “Surxon” esa 20 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
Superliga. 17-tur
Xorazm – Surxon 2:2
Gollar: Sunnatillo Poyonov, 4 (0:1), Murodbek Bobojonov, 45+3 pen (1:1), Rustambek Turdimurodov, 79 (1:2), Shahram Samiev, 87 (2:2)