locale OZ

Superliga. «Xorazm» G'uzorda «Sho'rtan»dan ustun keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Xorazm" G'uzorda "Sho'rtan"dan ustun keldi
Photo: Shurtan PFk

O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” va “Xorazm” uchrashuvi yakunlandi.

G‘uzorda bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 3:1 hisobida zafar quchdi. O‘yinda Doniyor Narzullaev hisobni ochdi. Keyinchalik Murod Bobojonov, Rustam Abduxamidov va Shahram Samievlar bittadan gol urib, "Xorazm"ning g‘alabasini ta’minladi.

Hakim Fuzailov jamoasi ochkolarini 17 taga yetkazib, 11-o‘ringa ko‘tarildi. G‘uzor klubi esa 9 ochko bilan 16-pog‘onada joylashgan.
Superliga. 16-tur
Sho‘rtan — Xorazm 1:3
Gollar: Doniyor Narzullaev (28) — Murod Bobojonov (33), Rustam Abduxamidov (40), Shahram Samiev (90+2).

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting