locale OZ

Superliga. Qoldirilgan o'yinda “Xorazm” “Qizilqum”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. Qoldirilgan o'yinda “Xorazm” “Qizilqum”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
FОТО: QIZILQUM PFK
O‘zbekiston Superligasi
06.06.2025, Yak.
Qizilqum
0
Xorazm
3

O'zbekiston Superligasining 4-turidan o'rin olgan qoldirilgan bahsda “Qizilqum” va “Xorazm” o'zaro to'qnash keldi va yakunda mehmonlar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 11-daqiqada Humoyunmirzo Iminov tomonidan ochildi (0:1). 41-daqiqada Murodbek Bobojonov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (0:2).

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa Hazratjon Tursunqulov uchrashuvga mantiqiy nuqta qo'ydi.

Shu tariqa, “Xorazm” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 14 taga yetkazib, 8-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Superligasi | 4-tur

“Qizilqum” 0:3 “Xorazm”

Gollar: Humoyunmirzo Iminov 11' (0:1), Murodbek Bobojonov 41' (0:2), Hazratjon Tursunqulov 90+2' (0:3).

Chetlatish: Jambuli Jigauri 75' (“Qizilqum”).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting