locale OZ

Superliga. «Qizilqum» mehmonda «Xorazm»dan ustun keldi

Navoiyliklar ushbu g‘alabadan so‘ng 10-o‘ringa ko‘tarildi.
Superliga. «Qizilqum» mehmonda «Xorazm»dan ustun keldi
photo: Xorazm fk
O‘zbekiston Superligasi
21.09.2026, Yak.
Xorazm
1
Qizilqum
3

Superliga. «Qizilqum» mehmonda «Xorazm»dan ustun keldi

Navoiyliklar ushbu g‘alabadan so‘ng 10-o‘ringa ko‘tarildi.

Superliga 22-turining so‘nggi bahsida «Qizilqum» mehmonda «Xorazm»ga qarshi bellashdi. Unda mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Rafael Tavaresh mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limning 76-daqiqasida Roman Papariga navoiylikning ustunligini ta’minladi. 88-daqiqada esa Jambuli Jigauri yakuniy nuqtani qo‘ydi. Bellashuvning 60-daqiqada urganchaliklar safida Ulug‘bek Hoshimov maydondan chetlatildi.

Natijada Jamshid Saidov jamoasi ochkolari sonini 29 taga yetkazib, 10-o‘ringa ko‘tarildi. «Xorazm» esa 21 ochko bilan 14-pog‘onada.

Superliga. 22-tur
Xorazm – Qizilqum 1:3
Gollar:
Rafayel Tavaresh, 30 (1:0), Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 40 (1:1), Roman Papariga, 76 (1:2), Jambuli Jigauri, 88 (1:3)
Xorazm: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 9.Sardorbek Azimov (71.Umid Sultonov, 63'), 10.Rafael Tavares (90.Ulug‘bek Hoshimov, 46'), 12.Maksim Shiryayev (22.Sunnatulloh Hamidjonov, 46'), 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboyev, 25.Matiya Rom (7.Temur Ismailov, 81'), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 67'), 96.Rafael Sabino.
Qizilqum: 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 8.Shahzodbek Rahmatullayev, 9.Shahzod Turopov (70.Duglas Maykon, 70'), 10.Islom Kenjaboyev (97.Roman Papariga, 70'), 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov, 23.Samandar Shukurillayev, 31.Jambuli Jigauri, 77.Diyor Raxmatilloyev, 88.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (14.Elbek Otaqulov, 46').

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting