Superliga. «Paxtakor» Dostonbek Hamdamovning yagona goli evaziga «Mash'al» ustidan g'alaba qozondi
Photo: Pakhtakor PFK
Superliga 16-turida "Paxtakor" safarda "Mash'al"ga qarshi maydonga tushdi.
O'yin 1:0 hisobida "sherlar"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 75-daqiqada Dostonbek Hamdamov tomonidan kiritildi.
Mazkur g'alaba orqali "Sherlar" ochkolarini 29 taga yetkazib, turnir jadvalida 4-o'ringa ko'tarildi. "Mash'al" esa 15 ochko bilan 12-pog'onani egallab turibdi.
O'zbekiston Superligasi
16-tur
"Mash'al" — "Paxtakor" 0:1
Gol: 0:1 — Hamdamov (75)
Bahrom Bobonov
Redaktor