locale OZ

Superliga. \"Neftchi\" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani saqlab qola olmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Neftchi" so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib, g‘alabani saqlab qola olmadi
Photo: Neftchi PFK

Superliga 14-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" – "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

Dramatik kechgan o‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. Dastlab Ikrom Aliboyev uzoq masofadan Sanjar Quvvatovni ojiz qoldirdi. 90+5-daqiqada Dushan Miyich gol urib, “oltin izlanuvchilar”ni mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.

Natiajada chempionlik uchun kurashayotgan “Neftchi” yana ochko yo‘qotdi.

Shu tariqa, “Qizilqum” ochkolari sonini 14 ochko to‘plagan holda 12-o‘rinda qoldi. “Neftchi” 24 ochko bilan 4-o‘ringa tushib qoldi.

Superliga. 14-tur

“Qizilqum” 1:1 “Neftchi”

Gollar: Ikrom Aliboyev, 68 (0:1), Dushan Miyich, 90+5 (1:1)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting