Superliga. «Neftchi» «Qizilqum»ni mag'lub etib, mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi
Fargonliklar 24 yillik tanaffusdan so'ng yana chempionga aylandi.
Фото: Нефтчи ПФК
O'zbekiston chempionatining 29-turida "Neftchi" Farg'onada "Qizilqum"ni qabul qildi.
Bellashuv 4:1 hisobida mezbonlar g'alaba qozondi. Alisher Odilov dubl muallifi bo'ldi.
Shu tariqa, "Neftchi" muddatidan oldin mamlakat chempioniga aylandi. Bu orqali tarixda oltinchi bor titulni qo'lga kiritdi.
So'nggi turda kumush va bronza medallari egalari ma'lum bo'ladi.
Superliga. 29-tur
Neftchi – Qizilqum 4:1
Gollar: Alisher Odilov, 3 (1:0), Alisher Odilov, 19 (2:0), Shohruz Norxonov, 60 (2:1), Jamshid Iskandarov, 66 (3:1).
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist