Superliga. «Neftchi» «Qizilqum» darvozasiga jabobsiz beshta gol urdi va karvonboshilikni mustahkamladi
Superliga 16-turida "Neftchi" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib, 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Islombek Ismoilov shogirdlaridan Jamshid Iskanderov (42, 65) va Alisher Odilov (3, 83) ikkitadan gol urgan bo‘lsa, Stipe Peritsa (70) bitta gol muallifi bo‘ldi.
"Yo‘lbarslar" bu g‘alaba evaziga 39 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Ikkinchi o‘rindagi "Paxtakor" bilan farq 4 taga yetdi.
"Qizilqum" 17 ochko bilan 14-pog‘onada.
Superliga. 16-tur
Neftchi — Qizilqum 5:0
8 avgust. Farg‘ona. «Istiqlol» stadioni
Gollar: Alisher Odilov (3, 83), Jamshid Iskanderov (42), Samandar Shukurullayev (65, avtogol), Stipe Peritsa (70).
Neftchi — Botirali Ergashev, Boyan Siger, Ikrom Aliboyev (Vladimir Yovovich, 62), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Asilbek Jumayev, 62), Jamshid Iskanderov (Muhsin Ubaydullayev, 77), Stipe Peritsa (Zoran Marushich, 77), Anvar G‘ofurov (Nurmuhammad Abdug‘aniyev, 46), Alisher Odilov, Farrux Sayfiyev, Ratinio.
Qizilqum — Farhod Rahmatov, Shaxzod Rahmatullayev, Luka Ratkovich (Ruslan Roziyev, 63), Elbek Otaqulov, Nikola Kumborovich, Samandar Shukurullayev, Jambuli Jigauri (Ozodbek Ergashev, 84), G‘iyos Rizaqulov (Nodirxon Ne’matxonov, 63), Maykon Duglas (Shahzod Turopov, 84), Diyor Rahmatilloyev (Fayzullo Jumanqo‘ziyev, 70), Otabek Jo‘raqo‘ziyev.
Ogohlantirishlar: G‘iyos Rizaqulov (44), Luka Ratkovich (46), Stipe Peritsa (71).