Superliga. «Neftchi» markaziy o‘yinda OKMKdan ustun keldi
Chempionlik poygasida kurash davom etadi.
Фото: Нефтчи ПФК
Superliga 25-turining so‘nggi uchrashuvida “Neftchi” o‘z maydonida OKMKni qabul qildi.
Uchrashuv 1:0 hisobida fargonaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 18-daqiqada Jamshid Iskanderov tomonidan penaltidan kiritildi.
Shu tariqa, “Neftchi” chempionlik poygasida “Nasaf”ni quvishda davom etmoqda. Bu jamoalar o‘rtasidagi farq ikki ochkoni tashkil etadi. OKMK esa sovrinli o‘rinlar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Superliga. 25-tur
“Neftchi” 1:0 OKMK
Gol: Jamshid Iskanderov 18 pen
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist