Superliga. «Nasaf» «Qo‘qon-1912»ni yirik hisobda magʻlub etdi
Oʻzbekiston Superligasi 25-turidan oʻrin olgan bahsda Qarshining «Nasaf» klubi oʻz maydonida «Qo‘qon-1912»ni qabul qildi va yakunda yirik 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Dastlab Dragan Cheran 24-daqiqada penaltidan unumli foydalanib, «ajdarlar»ni oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Husayn Norchayev farqni ikkataga yetkazdi. 83-daqiqada esa Sherzod Nasrullayev uchrashuvga mantiqiy nuqta qoʻydi.
Shu tariqa, «Nasaf» ushbu gʻalabadan soʻng oʻz ochkolari hisobini 56 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Qo‘qon-1912» esa 26 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.
Oʻzbekiston Superligasi. 25-tur
«Nasaf» — «Qo‘qon-1912» 3:0
Gollar: Cheran (24), Norchayev (68), Nasrullayev (83).
Nasaf — Neʼmatov, G‘aybullayev, Muhammadiyev, Eshmurodov (Golban, 85), Cholovich (Davronov, 63), Bahromov, Nurulloyev (Nasrullayev, 63), Cheran, Abdurahmatov, Bozorov, Norchayev.
Qo‘qon-1912 — Isoqov, Karimov, Yoqubov, Giorgadze, Hakimov (Salimov, 83), Toshtemirov, Hasanov (Husanov, 65), Gadoyev (Malikjonov, 75), Gvazava, Haydarov (Holto'rayev, 75), Dachi (Kondratyuk, 65).