locale OZ

Superliga. “Mash'al” so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Mash'al” so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi
FOTO: Getty Images
O‘zbekiston Superligasi
03.05.2025, Yak.
Buxoro
1
Mashal
2

O'zbekiston Superligasi 8-turidan o'rin olgan bahsda “Buxoro” va “Mash'al” o'zaro to'qnash keldi va yakunda muborakliklar 1:2 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 53-daqiqada Islombek Baratov tomonidan ochildi (0:1). 55-daqiqada esa Shohruz Norxonov muvozanatni tikladi (1:1).

Ikkinchi bo'limning so'nggi daqiqasida Humoyun Murtazoyev “Mash'al”ga g'alaba taqdim etgan golning muallifiga aylandi.

Shu tariqa, “Mash'al” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 10 taga yetkazib, turnir jadvalida 7-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Superligasi | 8-tur

“Buxoro” 1:2 “Mash'al”

Gollar: Islombek Baratov 53' pen (0:1), Shohruz Norxonov 55' (1:1), Humoyun Murtazoyev 90' (1:2).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting