Asror Aliqulov: "Tanaffusdan so'ng tezkorlik qo'sha oldik"


Superliga 8 turidan o'rin olgan "Buxoro" 1:2 "Mashal" qarama-qarshiligidan keyin muborakliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bunday passiv o'yin namoyish etish maqsadimiz yo'q edi. "Buxoro" himoyaga yotib oldi, biz esa to'p bilan juda passiv harakat qildik. Himoyachilarimiz ko'p xatolarga yo'l qo'ydi.
Biz kecha Toshkentga yetib keldik va uzoq yo'l bosib kelganimiz futbolchilarga tasir qildi. Ikkinchi bo'limda esa havo yanada salqinladi. Futbolchilar ham ancha yengillashib olishdi. Tanaffusdan so'ng tezkorlik qo'sha oldik. Islom Baratov o'yinga yaxshi qo'shildi. "Buxoro" esa o'z uslubini o'zgartirgani yo'q. Biz esa vaziyatlar yaratishga intildik va yakunda qiyin g'alabaga erishdik.
Mashg'ulotlar va o'yindagi jarayonni inobatga olib asosiy darvozabon kim bo'lishini tanlaymiz. Umid bir nechta uchrashuvdan buyon asosiy tarkibdan joy olmoqda va ishonchli o'yin namoyish etmoqda. Dastlabki turlarda Dostonbek To'xtaboevga imkoniyat bergan edik. Doston ham yaxshi uchrashuvlar o'tkazdi. Ikki darvozabonimiz ham asosiy. Darvozabonlar murabbiyi bilan maslahatlashgan holda qaysi posbonga imkoniyat berishni hal qilamiz",-deydi mutaxassis