locale OZ

Superliga. \"Dinamo\" Samarqandda \"Nasaf\" bilan durang o‘ynadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. "Dinamo" Samarqandda "Nasaf" bilan durang o‘ynadi
Photo: Dinamo PFK

O‘zbekiston chempionatining 15-turining markaziy o‘yinida “Dinamo” klubi peshqadam “Nasaf"ni qabul qildi.

Dastlab 16-daqiqada Alibek Davronov hisobni ochdi. 26-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev muvozanatni tikladi. Tanaffus oldidan Marko Stanoevich penaltidan samarqandliklarni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Biroq ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasida Akmal Mozgovoy muvozanatni tikladi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Natda “Nasaf” 33 ochko bilan peshqadamliligini saqlab qoldi. “Dinamo” 29 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Superliga. 15-tur

“Dinamo” 2:2 “Nasaf”

Gollar: Alibek Davronov, 16 (0:1), Anvarjon Hojimirzayev, 26 (1:1), Marko Stanoevich, 45+4 pen (2:1), Akmal Mazgovoy, 85 (2:2)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting