locale OZ

Superliga. “Dinamo” safarda “Paxtakor”ni mahv etdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Dinamo” safarda “Paxtakor”ni mahv etdi
FOTO: Pakhtakor FC
O‘zbekiston Superligasi
29.03.2025, Yak.
Paxtakor Toshkent
0
Dinamo Samarqand
1

O'zbekiston Superligasi 3-turidan o'rin olgan bahsda Toshkentning “Paxtakor” klubi o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuvda mezbonlar ustunlikka ega bo'ldi, biroq bu tabloda ko'rinmadi. 55-daqiqada toshkentliklar gol urdi, ammo bu vaziyat o'yindan tashqari holat deb baholandi.

Oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas, aniqrog'i 60-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev gol urib, samarqandliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.

Shu tariqa, “Paxtakor” joriy mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. “Dinamo” esa 3-turdan so'ng 7 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

O'zbekiston Superligasi | 3-tur

“Paxtakor” 0:1 “Dinamo”

Gollar: Anvarjon Hojimirzayev 60' (0:1).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting