locale OZ

Superliga. “Andijon” safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Superliga. “Andijon” safarda muhim g'alabani qo'lga kiritdi
FOTO: FC Andijon
O‘zbekiston Superligasi
26.06.2025, Yak.
Xorazm
2
Andijon
3

O'zbekiston Superligasi 14-turidan o'rin olgan bahsda “Xorazm” va “Andijon” o'zaro to'qnash keldi va yakunda mehmonlar 2:3 hisobida g'alaba qozondi.

Dastlab, hisob 11-daqiqada Doniyor Abdumannopov tomonidan ochildi (0:1). 27-daqiqada esa Vladimir Bubanya muvozanatni tikladi (1:1).

53-daqiqada Valijon Rahimov kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi (2:2). 80-daqiqada Islombek Mamatkazin hisobni tenglashtirdi.

88-daqiqada esa Bektemir Abdumannonov “Andijon”ning g'alaba goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, “Andijon” ushbu g'alabadan so'ng o'z ochkolari hisobini 17 taga yetkazib, turnir jadvalida 8-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'zbekiston Superligasi | 14-tur

“Xorazm” 2:3 “Andijon”

Gollar: Doniyor Abdumannopov 11' (0:1), Vladimir Bubanya 27' (1:1), Valijon Rahimov 53' avtogol (2:1), Islombek Mamatkazin 80' (2:2), Bektemir Abdumannonov 88' (2:3).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting