Simeone: «Jamoaning bugungi oʻyinidan mamnunman»
Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga 19-turi doirasida «Barselona»ga (1:3) qarshi kechgan uchrashuvdagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Jamoaning bugungi o‘yinidan mamnunman. Uchrashuvni yaxshi boshladik, biroq raqib markaz orqali uyushtirgan hujumlari natijasida golga erishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida «Barselona» ustunlik qildi, taxminan 20 daqiqadan keyin esa tashabbusni o‘z qo‘limizga oldik. Uchta yaxshi imkoniyat yaratdik, biroq ular g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Shunga qaramay, jamoaning o‘yinidan qoniqdik.
Ular qisqa pasda yaxshi o‘ynaydi va markazda ko‘proq futbolchilarga ega — birinchi ikkita gol aynan shunday tashkil etildi. Tanaffusda o‘yinchilarimdan markazni iloji boricha yopib qo‘yishni talab qildim va bu borada sezilarli yaxshilanish bo‘ldi. Yakuniy daqiqalardagi jamoaning munosabati ham yoqdi», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi Marca.
Maʼlumot uchun, 15 ta o‘yin ortda qolgach, «Barselona» 37 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» esa 31 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada bormoqda.