Dani Olmo taxminan uch haftaga safdan chiqdi
«Barselona» yarimhimoyachisi Dani Olmo yelkasidan olgan jarohati tufayli taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. Bu haqda katalon klubining matbuot xizmati xabar berdi.
Olmo jarohatni La Liga 19-turi doirasidagi «Atletiko»ga qarshi o‘yinda (3:1) oldi. U 66-daqiqada almashtirildi. Futbolchi gʻalaba golini urgan paytda noqulay yiqilib, yelkasini chiqarib olgani ma’lum boʻldi. Shundan so‘ng ispaniyalik futbolchi o‘yinni davom ettira olmadi.
Dani Olmo, katta ehtimol bilan, La Liganing navbatdagi «Betis»ga qarshi bahsini hamda Chempionlar Ligasi doirasidagi «Ayntraxt» bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Joriy mavsumda Olmo «Barselona» safida barcha turnirlar doirasida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol hamda 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.