Flik: «Kuchli jamoaga qarshi yaxshi oʻyin namoyish etdik»
«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga 19-turidan oʻrin olgan uchrashuvda «Atletiko» ustidan qo‘lga kiritilgan 3:1 hisobidagi g‘alaba haqida fikr bildirdi.
«Bugun kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik. Kurashdik, birligimizni saqlab qoldik — bu men uchun juda muhim edi. Men mamnunman. O‘yinni ko‘proq nazorat qildik, bo‘sh zonalar yaratdik, ko‘proq vaziyatlar hosil qildik. «Atletiko» kabi jamoaga qarshi o‘yinlarda shunday ishonchga to‘la g‘alaba qozonish — juda yaxshi», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi Marca.
Maʼlumot uchun, 15 ta o‘yin ortda qolganidan so‘ng, «Barselona» 37 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Atletiko» esa 31 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.