«Barselona» — «Atletiko»: Jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi beshta oʻyinda statistika qanday?
Bugun, 2 dekabr kuni, Ispaniya La Ligasining 19-turi doirasida «Barselona» va «Atletiko» jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Barselonadagi «Spotify Camp Nou» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Quyida «Barselona» va «Atletiko»ning o‘zaro so‘nggi besh rasmiy uchrashuvi keltirilgan:
Ispaniya Kubogi, yarim final, javob o‘yini, 2025 yil 2 aprel — «Atletiko» — «Barselona» — 0:1;
La Liga, 28-tur, 2025 yil 16 mart — «Atletiko» — «Barselona» — 2:4;
Ispaniya Kubogi, yarim final, javob o‘yini, 2025 yil 25 fevral — «Barselona» — «Atletiko» — 4:4;
La Liga, 18-tur, 2024 yil 21 dekabr — «Barselona» — «Atletiko» — 1:2;
La Liga, 29-tur, 2024 yil 17 mart — «Atletiko» — «Barselona» — 0:3.
Bugungi holatga ko‘ra, «Barselona» 14 ta o‘yinda 34 ochko to‘plagan holda La Liga peshqadamligida bormoqda. «Atletiko» esa 31 ochko bilan turnir jadvalining to‘rtinchi pog‘onasida joylashgan.