locale OZ

Flik Perdi va Rafinyaning «Atletiko»ga qarshi oʻyindagi ishtirokini baholadi

Uchrashuv 2 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Flik Perdi va Rafinyaning «Atletiko»ga qarshi oʻyindagi ishtirokini baholadi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
02.12.2025, Yak.
Barselona
3
Atletico Madrid
1

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Rafinya va Pedrining jismoniy holati haqida gapirdi hamda ularning La Liga 15-turida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda maydonga tushish imkoniyatlarini baholadi.

«Ko‘ramiz, ertaga futbolchilarni tiklash mashg‘ulotlari bo‘ladi, bu ikki o‘yin orasida ko‘p vaqt yo‘q, lekin u (Pedri) bilan hammasi joyida. Uchrashuvdan keyin uning o‘zini qanday his qilayotganini so‘radim, hammasi yaxshi. Rafinya haqida aytganda esa, u o‘zining dinamikasi va intensivligini namoyish etdi, bu bizning o‘yin uslubimiz uchun yaxshi», — deydi Flik AS nashriga.

14 turdan so‘ng «Barselona» 34 ochko jamg‘arib, La Liga jadvalida peshqadamlik qilmoqda. 15-turda kataloniyaliklar o‘z maydonida Madridning «Atletiko» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 2 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting