locale OZ

Shohruz Norxonov: “Hech qaysi klub “Buxoro”ga Pro ligadan chiqqan jamoadek munosabatda bo‘lmasligi kerak”

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shohruz Norxonov: “Hech qaysi klub “Buxoro”ga Pro ligadan chiqqan jamoadek munosabatda bo‘lmasligi kerak”
FOTO: championat.asia

“Buxoro” klubi hujumchisi Shohruz Norxonov Sports24.uz nashriga intervyu berdi.

Futbolchi suhbat chog'ida jamoadagi ichki muhit va mavsumga qay darajada tayyorgarlik ko'rilayotgani haqida ham to'xtalib o'tdi.

“Jamoada muhit a’lo darajada. Dastlabki 3 ta o‘yindan 6 ochko to‘pladik. To‘g‘ri, tarkibga ko‘p yangi futbolchilar qo‘shildi, ammo jamoaning o‘zagi saqlanib qoldi. Yangi kelgan legionerlar jamoaga tezda qo‘shilib ketishdi.

Bundan tashqari, mahalliy yosh futbolchilarning o‘yini ham muxlislarga yoqmoqda. Qaysi raqib bo‘lishidan qat’i nazar, “Buxoro” ularga bemalol raqobat qila oladi. Hech qaysi klub “Buxoro”ga Pro ligadan chiqqan jamoadek munosabatda bo‘lmasligini maslahat berardim”, - deydi Norxonov.

Eslatib o'tamiz, “Buxoro” Superliga doirasidagi o'zining navbatdagi o'yinini 4-aprel kuni safarda “Bunyodkor”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting