locale OZ

Sherzod Jo‘rayev: Baribir 10 kishi bo‘lib qolgamimiz o‘z taʼsirini o‘tkazdi

Navbahor bosh murabbiyi Qo'qon-1912 bilan o'yindan keyin fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sherzod Jo‘rayev: Baribir 10 kishi bo‘lib qolgamimiz o‘z taʼsirini o‘tkazdi
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
25.10.2025, Yak.
Qo'qon-1912
2
Navbahor Namangan
0

O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan "Qo‘qo‘n-1912" - "Navbahor" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sherzod Jo‘rayev ishtirok etib, OAV xodimlarinimg savollariga javob berdi. Odatdagidek, "lochinlar" ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Bugun har ikki jamoa ham chiroyli o‘yin namoyish etdi. "Navbahor"ning o‘yini borasida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limda futbolchimiz qizil kartochka olganidan so‘ng, ancha vaqt davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynashgan bo‘lsada, shogirdlarim hujumkor o‘yin namoyish etishdi. Ammo uchrashuvning asosiy vaqtiga to‘xtalishlar uchun qo‘shib berilgan daqiqalarda baribir 10 kishi bo‘lib qolgamimiz o‘z taʼsirini o‘tkazdi hamda xatolarimiz evaziga o‘z darvozamizdan 2 ta to‘p o‘tkazib yubordik.

Namangandan ushbu o‘yinga ko‘plab muxlislar tashrif buyurishgani bizni xursand qildi. Maqsadimiz ularni xursand qilish edi. Lekin buni amalga oshira olmadik.

—"Navbahor" keyingi ichrashuvni o‘z maydonida "Nasaf"ga qarshi o‘tkazadi.Jamoa bo‘lajak o‘yinda qarshiliklarni mag‘lubiyatga uchrata oladimi?

— Jamoaga bosh murabbiy etib tayinlamganimdan so‘ng, yigitlar bilan gaplashib, ularning nimalarya qodir ekanliklarini tinmay taʼkidlayapmiz. Maqsadimiz - muxlislarga quvonch ulashish. Biroq, bunday o‘yin bilan ularmi xursand qila olmaymiz. Bugungi uchrashuvni tahlil qilgan holda, xato va kamchiliklarni ko‘rib chiqamiz.

Qolgan o‘yinlarda barcha imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting