locale OZ

Samandar Meliboyev: “Guruhimizda “Andijon”ning oʻyini menga ancha maʼqul keldi”

“Xavokand” – “Andijon” (1:8) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samandar Meliboyev qatnashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samandar Meliboyev: “Guruhimizda “Andijon”ning oʻyini menga ancha maʼqul keldi”
photo: Andijon fk

“Xavokand” – “Andijon” (1:8) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samandar Meliboyev qatnashdi.

- Avvalo, butun Oʻzbekiston xalqini Qurbon Hayit bayrami bilan tabriklayman. Oʻyinga keladigan boʻlsak, har safar aytyapmiz, baribir klass – bu klass. Bu bilintiryapti. Bizda havaskorlar va futbolga noprofessional yondashishyapti. Mayda-chuyda detallarga ham eʼtibor berib, katta futbolni unutib qoʻyishyapti. Hakamlarga gapiradim-yey...Xullas, “Andijon” va “Nasaf”ni guruhdan chiqishgani bilan tabriklayman. Kuchimiz yetmadi. Lekin bizni qoʻllab-quvvatlagan muxlislarga, tashkilotchilarga, Qoʻqon stadioniga, rahbariyatga minnatdorchilik bildiraman.

- “Andijon”ga qarshi oʻyinda tajriba borasida aynan nima oʻrgandik, deb oʻylaysiz?

- Birgina shu oʻyin emas, uchta oʻyin oʻtkazdik. Biz 10 kun davomida katta futbolda yurdik. Oʻtgan yili ikkinchi ligada oʻynagandik. Bu yil birinchi ligaga chiqdik va hali unga moslashmasdan turib Superliga klublariga qarshi oʻynadik. “Andijon” juda yaxshi saviyada ketyapti. Oʻz oʻyinini tiklab oldi. Yuqori darajasida turibdi. Guruhimizda “Andijon”ning oʻyini menga ancha maʼqul keldi. Baribir daraja bilindi. Futbolga haqiqiy yondashishi boshqacha. “Andijon”da terma jamoaga munosib futbolchilar borligi koʻrinib turibdi. Biz koʻp narsa oldik, nafaqat futbolchilar, balki oʻzimiz ham koʻproq nimani ustida ishlashimiz kerakligi va kamchiliklarimizni bilib oldik.

- “Xavokand” dastlab “Nasaf”ga 6:1, keyin “Shoʻrtan”ga 1:4 hisobida yutqazdi. “Andijon”ga qarshi bellashuv oldidan natijani yana yiriklashib ketishi mumkinligidan qanchalik xavotirda edingiz?

- Xavotir boʻldi. Doim shunaqa yirik hisobda yutqazaverish ham hech kimga yoqmaydi. “Andijon” ham bor kuchi bilan oʻynadi, 1-oʻringa kurashdi, bu bilinib turdi. Ularga koʻp gollar kerak boʻlgan ekan, shuning uchun harakat qilishdi. Yarim kuch bilan oʻynashmadi. Shijoati ham koʻrinib turdi. Oxirigacha astoydil oʻynadilar. Himoyamizda ancha ish qilishimiz kerak ekan. Koʻproq gollar boʻlib ketishi boʻyicha xavotirimiz bor edi. Shu narsa boʻldi. Shunaqa qilib tajriba orttirimiz-da. Shundan toʻgʻri xulosa chiqarib, birinchi liga oʻyinlariga yondashishimiz kerak.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting