locale OZ

Ruslanbek Jiyanov: «Stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bizga motivatsiya beradi »

Xabaringiz bor, ertaga namanganliklar Superliga 15-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida “Xorazm” (Urganch)ga qarshi o‘tkazadi.
Ruslanbek Jiyanov: «Stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bizga motivatsiya beradi »
photo: Navbahor FK
O‘zbekiston Superligasi
02.08.2026, 10.30
Navbahor Namangan
-
Xorazm
-

Xabaringiz bor, ertaga namanganliklar Superliga 15-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida “Xorazm” (Urganch)ga qarshi o‘tkazadi. Ma’lum muddatli tanaffusdan so‘ng, “lochinlar” Namangandagi qadrdon stadionga qaytishmoqda va joriy mavsumning ilk bellashuvini sevimli stadionda o‘tkazishadi. Bo‘lajak uchrashuvdan oldin “lochinlar”ning 25 yoshli mahoratli yarim himoyachisi Ruslanbek Jiyanov bilan klub rasmiy sayti uchun fikr bildirdi.

Bo‘lajak o‘yin borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...
Avvalo barchaga assalomu alaykum! Jamoamizning barcha muxlislarini sevimli hamda qadrdon stadionimizga qaytayotganligimiz bilan tabriklayman.Biz - futbolchilar ham bundan xursandmiz.Ishqibozlar bo‘lajak o‘yinda stadionni to‘ldirib, jamoamizni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlashadi, degan umiddaman va bunga ishonaman.
Bo‘lajak raqib – “Xorazm” borasida nima deya olasiz?
Yaxshi jamoa. Biz urganchliklarning o‘yinlarini o‘rganib chiqdik va g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatni ishga solib, inshoolloh, zafar quchamiz, deb o‘ylayman.
Albatta, stadionni to‘ldirib o‘tirgan muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari bizga motivatsiya beradi va bu o‘tgan turdagi Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi bo‘lib o‘tgan “vodiy derbisi”da ham o‘z isbotini topdi. Buni har bir futbolchi his qilib turibdi.Kuchingiz qolmaganida, ishqibozlarning qo‘llab-quvvatlashlari ichki energiyani uyg‘otib yuboradi, menimcha. Xudo xohlasa, bo‘lajak o‘yinda yutuqqa erishib, g‘alabali seriyani boshlaymiz, degan umiddaman.

Muxlislarga tilaklaringiz...
Jamoamiz uchun doimo duoda bo‘lishsin. Katta maqsad yo‘lida birlashganmiz va buni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.
Qatorasiga to‘rtta bellashuvni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va ishqibozlar dalda berib turishsa, o‘sha o‘yinlarda ijobiy natijalarni qayd etamiz, degan umiddaman.

Baxtimizga “Navbahor” muxlislari doimo sog‘-salomat bo‘lishsin.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting