locale OZ

Ro‘ziqul Berdiyev: «Har qanday holatda jamoaga yordam berishga tayyorman, bu mening uyim»

"Mash’al" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi Superliganing 13-tur bahsidan (1:1) so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: «Har qanday holatda jamoaga yordam berishga tayyorman, bu mening uyim»
photo: Mash'al fk
O‘zbekiston Superligasi
22.07.2026, Yak.
Mashal
1
Nasaf Qarshi
1

"Mash’al" hamda "Nasaf" o‘rtasidagi Superliganing 13-tur bahsidan (1:1) so‘ng Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: “Raqib chuqur va zich himoyalandi. Hisobda oldinda bo‘lganimizda, ular ochilishga majbur bo‘lardi. Natija raqibni qoniqtirgani uchun bor e’tiborni himoyaga qarati, qarshi hujumlarni kutib o‘ynadi”.

- “Nasaf” o‘tgan yili “Mash’al”ga mag‘lub bo‘lgandi. Nega aynan Muborak jamoasi bilan shunday bo‘lyapti?

- “Mash’al” har yili biz bilan katta ishtiyoq bilan o‘ynayapti. O‘tgan yili mag‘lub bo‘lgandik, bu safar durang… Keyingi bahsda yutamiz.

-Birinchi davradagi “Mash’al” bilan hozirgi “Mash’al”ni farqi bormi?

- Jamoa yangi murabbiy bilan himoyada tartibliroq o‘ynashga harakat qilyapti. Ular 5-4-1 sxemasidan foydalanishyapti. Jamoa kerak bo‘lsa 7 kishi bo‘lib himoyalanyapti va buni to‘g‘ri qaror deb hisoblayman. Chunki ularga ochko suv va havodek zarur. Bugun biz birinchi gol urganimizda, oldinroq aytganimdek “Mash’al” ochilishga majbur bo‘lardi, ammo o‘yin ularning rejasi bo‘yicha ketdi.

- Bugun “Nasaf”ga Yusuf Otubanjo yetishmadi deb o‘ylaysizmi?

- Albatta, uning yordami tekkan bo‘lardi. Yaxshi vaziyatlarga ega bo‘ldik, ulardan foydalana olganimizda hammasi boshqacha bo‘lardi.

- Jamoaning bu mavsumdagi maqsadlari qanday?

- Oldimizda chempionlik vazifasi yo‘q, lekin mavqeimizga yarasha o‘ynashimiz, natija ko‘rsatishimiz kerak.

- Alibek Davronov bugun odatdagidan oldinroqda o‘ynadi…
- Zich himoyani havodan uzatilgan paslar orqali yengib o‘tmoqchi bo‘ldik. Davronov bosh bilan yaxshi o‘ynaydi. Shu yo‘l bilan muammoni yechishga urindik, operatsiyadan so‘ng holati kutilganidek bo‘lmagani sabab u o‘zini ko‘rsata olmadi. Bu tavakkal edi.

- Salbiy natijalardan so‘ng tanqidlar, muxlislarning noroziliklari bo‘lishi tabiiy. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatmayman degansiz, ammo hozirgi davrda bularni payqamaslikning iloji yo‘q. Shunday vaziyatlardan qanday chiqib ketasiz?
- Murabbiy bunday narsalarga ruhan tayyor bo‘lishi kerak. Bu narsalar istalgan murabbiy bilan ro‘y berishi mumkin. 2024 yil yakunlanganda rahbariyatdan tanaffus olishni so‘ragandim. Hech qayerga ketmayman, klubda boshqa lavozimda ishlashga roziman degandim. Ammo menga 10 kun dam berishgandi. Hozirgi vaziyatda ham hech narsadan nolimayman. Men shu yerlikman, bu meni uyim. Har qanday holatda jamoaga yordam berishga tayyorman.

- O‘tgan safar futbolchi olishimiz kerak degandingiz, ammo qaysi chiziqligini aytmagansiz. Izohlarda “Jamoaning imkoniyati bormikin?” dega savollar ko‘p bo‘lgan.

- Imkoniyatimiz haqida biror narsa deya olmayman. Hammasi shu ruhda davom etsa, balki imkoniyatimiz nolga teng bo‘lib qolar. Vaziyat yaxshilanishiga umid qilaman. Bizga qanotlarda va hujumda yaxshi futbolchilar kerak.

- Akrom Afif “Nasaf”ga kelishi borasida mish-mishlar tarqaldi. Bu haqiqatmi?

- Afif kelmasligi aniq. Uning maoshini ba’zi Yevropa jamoalari ko‘tara olmaydi. Ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting