Dakar-2026: Nargiza Utebayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi
IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalga sazovor bo‘ldi.
Futbol
photo: qilichbozlik Uzbekistan
Dakar-2026: Nargiza Utebayeva bronza medalini qo‘lga kiritdi
IV yoshlar yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi medalga sazovor bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida qilichbozlikning sabyla yo‘nalishida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Nargiza Utebayeva bronza medaliga ega chiqdi.
Yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan yurtdoshimiz final ostonasida xitoylik raqibiga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o‘rin uchun bellashuvda esa argentinalik sportchidan ustun keldi va o‘z nomini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘ydi.