locale OZ

O‘zbekiston Hindistonning kuchli tarkibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdi

Abu-Dabida o‘tayotgan Osiyo millatlar kubogining 2-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Boshqa sport turlari
O‘zbekiston Hindistonning kuchli tarkibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdi
photo: gettyimages

O‘zbekiston Hindistonning kuchli tarkibiga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Abu-Dabida o‘tayotgan Osiyo millatlar kubogining 2-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

E’tiborlisi, Hindistonning to‘rttala shahmatchisi ham xalqaro grossmeyster bo‘lib, ularning o‘rtacha reytingi o‘zbekistonlik shahmatchilarnikidan 270 ochkoga yuqori edi!

Shunga qaramay, hamyurtlarimiz to‘rt partiyadan uchtasini durang bilan yakunladi. Faqat bitta partiyadagi mag‘lubiyat jamoaviy uchrashuv taqdirini hal qildi.

Hisobda mag‘lubiyat qayd etilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston terma jamoasi ancha kuchli raqibga qarshi oxirigacha kurash olib bordi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting