locale OZ

Moretto: «Milan» hujumchisi Kamarda xorij klubiga ijaraga ketishi mumkin

Jurnalistlar Fabritsio Romano va Matteo Moretto vaziyat yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Futbol
  Moretto: «Milan» hujumchisi Kamarda xorij klubiga ijaraga ketishi mumkin
photo: gettyimages

«Milan» hujumchisi Franchesko Kamarda yanvar oyida ijara asosida jamoani tark etishi kutilmoqda. 2008 yilda tavallud topgan futbolchi uchun joriy mavsumning birinchi yarmi ancha omadsiz kechdi. Endi yosh hujumchi faoliyatini Italiyada davom ettiradimi yoki xorijga yo'l oladimi, degan savol yuzaga kelgan.

Jurnalistlar Fabritsio Romano va Matteo Moretto vaziyat yuzasidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Vaziyat keskin o'zgarmasa, Kamarda yanvar oyida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijara asosida boshqa klubga o'tadi. Mavsum boshidan buyon unga yetarlicha imkoniyat berilmadi. Kamarda rivojlanishi uchun ko'proq o'ynashi kerak. Ayni paytda u Italiya U-21 milliy jamoasi safida ham gol urishga ulgurdi. Unda salohiyat borligi ko'rinib turibdi.

Uning «Jenoa»ga o'tishi mumkinligi haqida ko'p gapirildi, biroq hozircha bu variant jiddiy ko'rinmayapti. Yanvar oyida Kamarda uchun kurashadigan klublar ko'p bo'ladi», — dedi Matteo Moretto.

Jurnalistning ta'kidlashicha, bir qator klublar allaqachon yosh hujumchining transferi bo'yicha harakatlarni boshlagan. Yakuniy qaror futbolchining o'zi va «Milan» bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

«Biz bu haqda anchadan beri gapirib kelmoqdamiz: «Milan» yanvar oyida yangi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu reja o'z kuchida qolmoqda. Shu sababli Kamarda boshqa jamoada muntazam o'ynash imkoniyatini izlashi tabiiy.

Uning xorij klubiga ijaraga berilishini ham istisno qilmagan bo'lardim. Eng muhimi, futbolchiga muntazam o'yin amaliyoti, muhim rol va o'zini ko'rsatish uchun yetarlicha imkoniyat beradigan loyiha topilishi kerak. Kamarda juda ishtiyoqli, o'zini isbotlashni va gol urishni xohlaydi. Hozirgi vaziyatda esa «Jenoa» varianti bizga unchalik ishonchli ko'rinmayapti», — deya qo'shimcha qildi Moretto.

Shunday qilib, 18 yoshli hujumchining yanvar oyidagi taqdiri «Milan»ning transfer rejalariga ham bog'liq bo'ladi. Kamarda uchun asosiy maqsad — muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish va professional futbolchi sifatida rivojlanishda davom etish.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting