«Roma» Grinvud bilan kelishuvga erishdi
Bitim 2031 yilgacha mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Marsel" klubining qanot hujumchisi Meyson Grinvud "Roma"ga o‘tishga bir qadam yaqinlashdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, rimliklar ingliz futbolchisi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishgan. Bitim 2031 yilgacha mo‘ljallangan va unga ko‘ra Grinvud yiliga 5 million yevro maosh hamda bonuslar oladi.
2025/26 yilgi mavsumda Grinvud barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 45 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu vaqt ichida vinger raqiblar darvozasini 26 bor ishg‘ol qildi va 11 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist