Prev'yu. «Buxoro» - «Paxtakor»
Superliga 24-turida "Paxtakor" safarda "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi.
“Sherlar” safidan Abdurauf Bo‘riyev, mezbonlardan esa Ikich diskvalifikatsiya sababli o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
Chempionatlar tarixida bu jamoalar 61 bor o‘zaro to‘qnash kelgan. 45 uchrashuvda "Paxtakor", 7 bahsda "Buxoro" g‘alaba qozongan. 9 bellashuv durang bilan yakunlangan. Raqib darvozasi 142 bor ishg‘ol etilib, buxoroliklar 38 gol urgan. 17 o‘yinda “Sherlar” raqibni yirik hisobda mag‘lub etgan. Eng yirik natija 2005 yilda qayd etilgan, o‘shanda jamoamiz safarda 8:0 hisobida zafar quchgan.
Mehmonda o‘tkazilgan o‘yinlarda "Paxtakor"ning natijalari quyidagicha: 17 g‘alaba, 7 durang va 6 mag‘lubiyat. "Buxoro" darvozasiga 58 gol urilib, 21 to‘p o‘tkazilgan.
"Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 4 oktabr, shanba kuni soat 17:00da Buxoro FA stadionida boshlanadi