Previyu: «Paxtakor» - «Mash'al»
Superliganing 6-turida "Mash'al" Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv rasmiylari
Uchrashuvni bosh hakam Olim Toychiboyev boshqaradi. Unga qanotlarda Shohrux Azamov va Aziz Isaqov yordam beradi. Hakamlar ishini Bobur Haydarov nazorat qiladi. Uchrashuv komissari etib Bekzod Aripov tayinlangan. Shuningdek, zaxira hakami sifatida Azizbek Jumanov, VAR hakami sifatida Rustam Choriyev va AVAR hakami sifatida Sherzod Azamov faoliyat yuritadi.
O'zaro o'yinlar
Jamoalar chempionat bahslarida 40 marta to'qnash kelishgan. Ulardan 29 tasida "Paxtakor", 5 tasida "Mash'al" g'alabani qo'lga kiritgan. 6 o'yin durang bilan yakunlangan. "Sherlar" raqib darvozasini 82 bor ishg'ol qilgan bo'lsa, yo'lbarslar esa 25 gol urishgan.
"Paxtakor" "Mash'al" ustidan 5:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi poytaxt klubining eng yirik g'alabasidir. "Mash'al"ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi esa 3:0 bo'lib turibdi.