locale OZ

OKMKning 10 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi, \"Bunyodkor\" esa ketma-ket 10 ta o‘yinda yutqazmadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OKMKning 10 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi, "Bunyodkor" esa ketma-ket 10 ta o‘yinda yutqazmadi
PHOTO: Uzbekistan Professional Football League
O‘zbekiston Superligasi
28.04.2025, Yak.
Bunyodkor
1
ОКМК
0

Bugun Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - OKMK uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 25-daqiqasida Temurxo‘ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol "Bunyodkor"ga g‘alaba keltirdi - 1:0.

Bu OKMK klubi uchun 2025 yilgi Superligadagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlarining o‘tgan mavsum oxirida boshlangan 10 ta o‘yinlik (7 g‘alaba va 3 durang) mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi.

Qizig‘i "Bunyodkor"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi bugungi g‘alabadan keyin 10 ta o‘yinga yetdi - 6 g‘alaba, 4 durang.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting