locale OZ

Ilyos Zeytullayev: \"Turdan-turga soni ko'payib borayotgan muhlislarga rahmat\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ilyos Zeytullayev: "Turdan-turga soni ko'payib borayotgan muhlislarga rahmat"
PHOTO: Telegram
O‘zbekiston Superligasi
28.04.2025, Yak.
Bunyodkor
1
ОКМК
0

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin “qaldirg'ochlar” ustozi Ilyos Zeytullayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qiziqarli, tomashabop, vaziyatlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Birinchi bo‘lim bizning ustunligimizda o‘tgandir, ammo tanaffusdan so‘ng mehmonlar klass namoyish qildi. Ular medallar uchun kurashayotgan jamoa, buni bugun isbotladi. Men futbolchilarni va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchani tabriklayman! Ayniqsa, turdan-turga soni ko‘payib borayotgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman!

Gol o‘tkazmayotganing yaxshi qo‘ng‘iroq, bu yigitlarga g‘oliblik ruhiyatini beradi. Albatta kam gol o‘tkazayotganimiz himoyachilar bilan bog‘liqdir, ammo bu yerda hujumchilarning mehnatini ham e’tirof etish kerak.

Biz o‘yindan-o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Eng qiyin uchrashuvimizni kelasi tur “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazamiz. Boisi, bugungi g‘alabadan so‘ng navbatdagi bahsga ruhan tayyorlanish osonmas. Haqiqiy jamoa bu kabi bellashuvlardan so‘ng navbatdagisiga odatiy tarzda tayyorlanadi",-deydi mutaxassis

Superliga. 7-tur.

"Bunyodkor" — “OKMK" 1:0

Gol: Temurxo’ja Abduxoliqov (26)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting