locale OZ

\"Neftchi\" stadionidagi yangi konstruksiya turgan xona qulfligi uchun eskisi olib chiqilgan

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
PHOTO: Telegram

18-21 aprel kunlari Superliga 6-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu turning har bir o'yinlariga bag'ishlangan liga komissari bildirgisini e'tiboringizga havola qilamiz:

“Neftchi” 0:4 “Paxtakor”

Uchrashuv davomida na komissar xonasi va darvoza ortida joylashgan fotograflar nuqtasida internet ishlagan.

Jamoaviy suratga tushish uchun Liga homiysining 2025-yilgi mavsum uchun ishlangan konstruksiyasi emas, 2024-yilgi mavsumdagisi olib chiqilgan. Bunga sabab sifatida stadionning yangi konstruksiya turgan xonasi qulflanib qolgani ko‘rsatilgan.

Liganing shartnomaviy majburiyatlari bo‘yicha talabiga loqayd munosabatda bo‘lgani uchun “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting