Navbahor Buxoro bilan o'yin chiptalarini bepul qildi
Xabaringiz bor, jamoamiz Superliganing 2-turidan o‘rin olgan bahsni nominal mezbon sifatida “Buxoro” (Buxoro)ga qarshi o‘tkazadi.
Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqovning
tashabbusi bilan ayni paytda yurtimizda hukm surayotgan muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan, qolaversa, “Navbahor” jamoasining ko‘p ming sonli muxlislarining fidoyiliklariga hurmat tariqasida bo‘lajak o‘yinga kirish BЕPUL qilib belgilandi.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahridagi “Olimpiya” stadioniga poytaxtimizda istiqomat qilayotgan namanganlik futbol ishqibozlari, shuningdek, jamoamizning ashaddiy, fidoyi va sadoqatli muxlislarini taklif etamiz.
Ishqibozlardan belgilangan sektorlarga tartibli tarzda joylashishlari mumkinligini ma’lum qilamiz.
Joriy mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlar qo‘ygan “lochinlar”ning uchrashuviga bevosita guvoh bo‘lishni istagan barcha millionlar o‘yini ixlosmandlarini ertangi oqshomda “Olimpiya” stadioniga chorlaymiz!
Eslatma: “Navbahor” – “Buxoro” uchrashuvi ertaga soat 19:00 da boshlanadi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.