Superliga. Buxoro mehmonda Navbahorni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratib mavsumdagi 2-g'alabasini nishonladi
Superliga 2-turidan o'rin olgan Navbahor hamda Buxaro jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi.
Ushbu qarama-qarshilikda mehmonlar 0:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdagi yagona golni 73-daqiqada Velko Filipovich burchakdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan Yusupov darvozasiga kiritdi.
Superliga. 2-tur
Navbahor — Buxoro 0:1
Gol: Velko Filipovich 73.
Navbahor — O‘tkir Yusupov, Saidazamat Mirsaidov, Shohruh Abdurahmonov, Ruslan Jiyanov (Muhammadali Usmonov, 68), Diyor Xolmatov, Zabihillo O‘rinboyev (Katulondi Kati, 68), Quvondiq Ro‘ziyev, Vanya Ilich, Giorgi Jgerenaya, Anri Chichinadze, Abbos G‘ulomov.
Buxoro —Umid Hamroyev, Velko Filipovich, Ravshan Xayrullayev, Xurshidbek Muxtorov, Shahzod Ubaydullayev, Javohir Ro‘ziyev, Sherzod Esanov, Muhammad Yuldashev, Vladimir Rodich (Timur Mamasidiqov, 70), Dominik Begich (Asadbek Jo‘raboyev, 61), Shahboz Jo‘rabekov.