locale OZ

«Manchester Siti» ingliz futboli tarixida mutlaq rekord oʻrnatdi

Avvalroq «shaharliklar» Angliya Kubogini qoʻlga kiritgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Siti» ingliz futboli tarixida mutlaq rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images
Angliya kubogi
16.05.2026, Yak.
Chelsi
0
Manchester Siti
1

Pep Gvardiola boshchiligidagi «Manchester Siti» klubi Angliya futboli tarixida ilgari hech bir jamoaga nasib etmagan noyob natijani qayd etdi. Bu haqda Opta tahliliy portali xabar bermoqda.

«Shaharliklar» bir mavsum davomida Angliya Kubogi (FA Cup) va Angliya Liga Kubogi (EFL Cup) musobaqalaridagi barcha uchrashuvlarda faqat gʻalaba qozonib, bosh sovrinlarga ega chiqqan tarixdagi ilk klubga aylanishdi. Jamoa ikkala turnirda ham birorta durang yoki magʻlubiyatga yoʻl qoʻymadi.

Jamoaning chempionlik sari bosgan qadamlari:

Angliya Kubogida: «Ekzeter Siti» (10:1), «Solford Siti» (2:0), «Nyuasl Yunayted» (3:1), «Liverpul» (4:0), «Sautgempton» (2:1) magʻlub etildi. Hal qiluvchi final bahsida esa «Chelsi» ustidan ishonchli gʻalaba (1:0) qoʻlga kiritildi.

Angliya Liga Kubogida: «Xaddersfild Taun» (2:0), «Suonsi Siti» (3:1), «Brentford» (2:0) hamda ikki oʻyin natijasiga koʻra «Nyuasl Yunayted» (2:0, 3:1) taslim etildi. Bosh sovrin uchun kechgan finalda esa «Arsenal» (2:0) dogʻda qoldirildi.

Ushbu muvaffaqiyatlardan soʻng, «Manchester Siti»ning muzeyidagi Angliya Kuboklari soni 8 taga, Liga Kuboklari soni esa 9 taga yetdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting